Mirobod tumanidagi 175- maktabda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomlariga bag’ishlangan “O’chmas siymolar” tadbiri va barcha siflarda ochiq darslar bo’lib o’tdi. Bu tadbirlarda allomalarning ijodi chuqur o’rganish bugungi kunda yoshlarimiz tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligi to’g’risida so’z yuritildi.
O’quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan ma’ruzalar taqdim etildi. Shuningdek Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridan parchalar o’qildi va sahna ko’rinishlar namoyish etildi. Ayniqsa, 6a sinf o’quvchilari Otabayeva Setora va Tajimova Sevinchlar ijro etgan Alisher Navoiy g’azallari hammaga ma’qul keldi.
8a-, 9b-sinf o’quvchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Novoiy hayoti va ijodlariga bag’ishlangan taqdimotlar tayyorlandi va ochiq darsda namoyon etildi.
Darslarda o’quvchilar bilimini sinash maqsadida buyuk mutaffakirlar ijodiga bag’ishlangan qizaqarli savol-javoblar o’tkazilib,g’oliblar taqdirlandilar. Darslardan o’quvchilar o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Alisher Navoiy va shoir, tarixchi olim Temuriylar hukmdorligining so’nggi namoyondalaridan biri Boburiylar sulolasining asoschisi, buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida chuqur va keng ma’lumotlar oldilar. Ushbu tadbirlar o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
No comments
Comments feed for this article
Trackback link
http://maktab175.zn.uz/73/trackback